14 avg 17:40
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Minsk turnirining ikkinchi davrasiga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida 4 nafar tennischimiz ishtirok etgan va ulardan ikkisi Humoyun Sultonov hamda SHonig'mat SHofayziev asosiy to'rga yo'l olgan edi.
Hozirgina yakuniga etgan ilk davra uchrashuvida Humoyun Sultonov g'alabaga erishdi. U yana bir saralash bahslari g'olibi isroillik Yannay Barkayni 6:2, 2:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar