08 avg 09:30
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Minskda reytingda o'zidan 680 pog'ona yuqoridagi tennischini engdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov turnirning ilk shov-shuv sababchisiga aylandi.
Sultonov turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan belaruslik Yaroslav SHilani 6:3, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. SHila dunyo reytingida 344, Humoyun esa 1024-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar