24 jan 14:42
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Qozondagi turnirda chorak finalga chiqa olmadi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Bugun turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov 1/8 final doirasida mezbon tennischi Aleksandr Vasilenkoga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 36 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun raqibiga 4:6, 0:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar