26 jan 17:08
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Qozondagi turnirda vice-chempion bo'ldi
Qozon shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi turnir yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqaning juftliklar o'rtasidagi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Turnirda mezbon tennischi Aleksander Vasilenko bilan birga ishtirok etayotgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov bugun final uchrashuvida kortga chiqdi.
Ular bosh sovrin uchun mezbon tennischilar tandemi Mixail Fufigin va Denis Macukevichga qarshi o'yin o'tkazdilar. 1 soat 19 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Humoyun va uning sherigi 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, hamyurtimiz turnirning juftlik bahslarida vice-chempionga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar