13 fev 17:59
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Aktobedagi turnirda qiyinchiliksiz ikkinchi davraga chiqdi
Aktobeda tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa davom etmoqda.
Musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan Humoyun Sultonov ilk davrada rossiyalik Anton CHexovga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 6 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun raqibini 6:2, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u navbatdagi uchrashuvni chexiyalik Michal Konechniga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar