So’nggi yangiliklar

17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0

05 jan 18:18
Yangiliklar

Tennis

Humoyun Sultonov ertaga bahs olib boradigan raqibi bilan ilk bor 2016 yilda to'qnash kelgandi, o'shanda natija qanday bo'lgan?

Ertadan Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati start oladi.

Quvonarlisi, musobaqada uzoq tanaffusdan keyin yana o'zbekistonlik tennischi ishtirok etadi.

Mamlakatning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov turnirning kvalifikaciya bosqichida omadini sinab ko'radi. Unga saralashning ilk raundida kolumbiyalik aniel Elaxi Galan raqiblik qiladi.

Namanganda tug'ilgan 26 yoshli Humoyun Sultonov 28 yashar Galan bilan shu kunga qadar bir marotaba uchrashgan. Ularning o'yini 2016 yil Italiyaning Lechcho shahrida o'tkazilgan ITF turniri doirasida tashkil etilgan. O'shanda Sultonov 2:1 (3/6, 7/6, 6/4) hisobida g'alaba qozongandi.

Statistika sifatida takidlash lozim, Humoyun Sultonov so'nggi 5 ta o'yinini Australian Open o'ynaladigan xard kortlarida o'tkazdi va uning 3 tasida g'alaba, 2 tasida mag'lubiyat qayd etdi. Galan esa oxirgi ikki o'yinini xard kortlarida o'tkazib, bittadan g'alaba va mag'lubiyatni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Umuman olganda, kolumbiyalik sportchi so'nggi beshta o'yinida 3 ta mag'lubiyat, 2 ta g'alaba qayd etgan.

Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni damda ATP reytingida 223, Galan esa 126-o'rinni band etib turibdi. Daniel ham o'z yurtinining birinchi raqamli tennischisi bo'lib turibdi.

Humoyunning Galanga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 6 yanvar kuni tonggi 4:00 da start olishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing