01 sen 09:10
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Kanada turniridagi ishtirokini yakunladi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Kanadaning Kvebek shahrida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi Canadian Open Junior Championships turniridagi ishtirokini yakunladi.
Humoyun chorak final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda turnirning ikkinchi raketkasi kanadalik Feliks Auger-Aliassimega qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda mezbon tennischi 6:3, 6:2 hisobida g'alaba qozondi. Bir kun avval hamyurtimiz juftliklar musobaqasining chorak finalida o'z yurishini to'xtatgan edi.
Maulmot uchun, Humoyun Sultonov ilk davrada Buyuk Britaniya vakili Elaystayr Greyni 3:6, 6:4, 6:2, ikkinchi bosqichda franciyalik Elliot Benchetritni 6:1, 6:1 hisobida taslim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar