23 okt 12:34
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Malayziyadagi turnirni g'alabalar bilan boshladi
Tennischimiz Humoyun Sultonov Malayziyadagi sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Saralash bahslarida to'rtinchi raqam ostida saralangan Humoyun ilk o'yinda xitoylik Aoran Vangga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba tennischimizga asosiy to'rda qatnashish imkoniyatini berdi.
Juftlik bahslarida esa u qirg'izistonlik Daniyar Duldashevga qarshi o'yin o'tkazdi. Ular ilk davra o'yinida malayziyalik tennischilarni 6:3, 1:6, 10:7 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar