09 sen 09:19
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov US Open turnirining 1/4 finaliga chiqdi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Nyu-York shahrida davom etayotgan yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslarida chorak finalga chiqdi.
Hamyurtimiz nimchorak final uchrashuvida Korentin Moutetni uch set natijasiga ko'ra mag'lub etdi. Franciyalik bu tennischi asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi. Korentin ikkinchi bosqichda turnirning 16-raketkasi germaniyalik Luis Vesselsni 6:3, 5:7, 7:6(4) hisobida taslim etgan edi.
Dastlabki setni tay-brekda 6:7(3) hisobida boy bergan hamyurtimiz keyingi ikki setda 7:5, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi Sultonov yarim final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda turnirning ettinchi raketkasi yaponiyalik Yosuke Vattanukega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar