08 sen 11:35
Yangiliklar

Humoyun Sultonov US Open turnirining 1/8 finaliga chiqdi
Hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida turnirning uchinchi raketkasi amerikalik Uilsis Blanchni mag'lubiyat uchratdi. Birinchi set 7:5 hisobida Humoyunning foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda 7:6(6) hisobida Blanch g'alaba qozondi. Hal qiluvchi uchinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng mezbon tennischi bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytda Sultonov 3:1 hisobida oldinda borayotgandi.
Endi hamyurtimiz chorak final yo'llanmasi uchun kechadigan uchrashuvda Korentin Moutetga qarshi kortga chiqadi. Franciyalik bu tennischi asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi. Korentin ikkinchi bosqichda turnirning 16-raketkasi germaniyalik Luis Vesselsni 6:3, 5:7, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar