10 avg 17:48
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov yarim finalga chiqa olmadi
Tennischimiz Humoyun Sultonov Minskdagi mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladigan turnirdagi chorak final o'yinini o'tkazdi.
U yarim finalga chiqish uchun qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 30 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 5:7, 7:5, 1:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va Belarus turniridagi yurishini to'xtatdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar