29 noy 10:28
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonovning asosiy to'rdagi raqibi malum
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan turnirning asosiy to'r bahslariga yo'llanma olgan edi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Humoyun asosiy to'rning ilk davrasida shveycariyalik Luka Margaroliga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sultonov saralash turnirida Xitoy
Taypeyi vakili Bang CHuo Yinni 6:1, 6:2, ikkinchi bosqichda turkiyalik Gokberk
Ergenemanni 1:6, 7:6(6), 6:1, asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda
boliviyalik Luis Diego Villalpando CHavesni 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar