25 jan 14:41
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Humoyun To'xtamurodov GFL'ning Dubay jamoasidan o'rin oldi
So'nggi kunlarda shov-shuv ko'tarayotgan yangi GFL MMA Ligasi jamoalarni elon qilishni boshladi.
			O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov Dubay jamoasi tarkibida bo'ladi. Yarim engil vaznli sportchimiz qozog'istonlik Adilet Nurmatov bilan bir vaznda harakat qiladi.
Liganing ilk turniri aprel-may oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Humoyundan tashqari Amirxon Alixo'jaev, Muhiddin Mamajonov va Saidyoqub Qahramonov ham bu liga bilan shartnoma imzolagan.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar