So’nggi yangiliklar

17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0

10 apr 14:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Humoyun To'xtamurodov, Toni Fergyuson va Dillon Denis ishtirok etishi kerak bo'lgan GFL'ning may oyidagi turnirlari bekor qilindi

Global Fight League (GFL) promousheni o'zining dastlabki rejalashtirilgan turnirlarini bekor qildi.

Liga rasmiy debyutini 24 va 25 may kunlari Los-Anjelesda o'tkazishi kerak edi. Ikki kun davom etadigan musobaqa 30 ta jangni o'z ichiga olishi kerak edi.

Kaliforniya Atletika Komissiyasi ijrochi direktori Endi Foster musobaqalar bekor qilinganini tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining katta qismiga ko'ra, Liga rahbariyatida musobaqalarni tashkil etish uchun etarlicha mablag' yo'q.

24 may kungi musobaqa doirasida o'zbekistonlik Humoyun To'xtamurodov oktagonga chiqishi kerak edi. Ikkinchi turnirning markaziy jangi esa UFC sobiq jangchisi Toni Fergyuson va Dillon Denis kechishi kerak edi.

Hozircha GFL o'z sahifalarida bu haqda rasman malum qilmadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing