07 sen 13:07
Yangiliklar
Tennis

Humoyun US Open juftligidagi ishtirokini ham g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Nyu-York shahrida davom etayotgan yilning to'rtta nufuzli turniridan biri US Open musobaqasining o'smirlar o'rtasidagi bahslari juftligida ham g'alaba qozondi.
Germaniyalik tennischi Rudolf Molleker bilan juftlik hosil qilgan Humoyun ilk davrada Xitoy Taypeyi vakili Tung-Lin Vu hamda xitoylik Yibing Vu tandemini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi Sultonov va Molleker chorak final chiptasi uchun yaponiyalik tennischilarga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz yakkalik bahslarining asosiy to'r ilk davrasida Yonas Eriksson Zivertsni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi. Sultonov ikkinchi davrada turnirning uchinchi raqamda saralangan tennischisi, amerikalik Uilsis Blanchga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar