14 avg 09:02
Yangiliklar
Tennis

Humoyun va SHonig'mat Minsk turnirining asosiy to'rida!
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslarida 4 nafar tennischimiz ishtirok etdi va ulardan ikkisi Humoyun Sultonov hamda SHonig'mat SHofayziev asosiy to'rga yo'l oldi.
Saralash bahslarida oltinchi raqam ostida harakat qilgan Humoyun avvaliga belaruslik Artem CHerkasauni 6:0, 6:2, keyin esa franciyalik Maksim Kressini 7:5, 6:4 hisobida taslim etdi.
SHofayziev esa belaruslik Maksim Zubkovdan 7:6(1), 6:4, keyin esa rossiyalik Sergey Bolotovdan 7:6(5), 2:6, 6:0 hisobida ustun keldi. Sardor Po'latov va SHarobiddin Abzalov mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Havola :
Fikrlar