29 iyu 10:54
Yangiliklar
Engil atletika
IAAF Isinbaevaga Olimpiadada ishtirok etish uchun ruxsat bermadi
Mo'jiza ro'y bermadi. Xalqaro engil atletika federaciyasi langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha jahon rekordchisi, Olimpiada chempioni Elena Isinbaevaga “Rio-2016”da ishtirok etish uchun ruxsat bermadi.
Ikki karra olimpiya o'yinlari chempionining o'zi ham bu malumotni tasdiqladi. 21 iyul kuni Sport arbitraj sudi Rossiya engil atletika federaciyasining apelyaciyasiga rad javobini bergandi. Bu esa 68 nafar rossiyalik engil atlet, shu jumladan Elena Isinbaevaning ham Braziliyaga bormasligini anglatadi.
“Qadrli do'stlar, matbuot hodimlari. Mening Olimpiadada ishtirok etishim mumkinligi haqidagi xabar yolg'on bo'lib chiqdi. Menga Xalqaro engil atletika federaciyasi kotibining shaxsan o'zi xabar berib, Olimpiadada ishtirok etmasligimni aytdi. Afsus, mo'jiza ro'y bermadi”, - deydi Isinbaeva o'zining “Instagram”dagi sahifasida qoldirgan xabarida.
Havola :
Fikrlar