10 dek 10:34
Yangiliklar

Ian Garri SHavkat Rahmonovdan uchralgan alamli mag'lubiyatini qanday izohladi?
U 9 oktyabr tongida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 310 musobaqasi doirasida qozog'istonlik SHavkat Rahmonovga qarshi bahs olib bordi va faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
"Ha, bugun qo'lim yuqoriga ko'tarilmadi. Ha, men g'alaba qozonmadim, lekin o'zimni mag'lubiyatga uchragandek his qilmayapman. Men haqiqiy gigant bilan jang qilish uchun keldim va u unchalik qo'rqinchli emasligini isbotladim. Qisqa vaqt ichida juda xavfli raqibga qarshi jang qildim. Men u amalga oshirayotgan deyarli hamma narsani to'xtatdim. Men zavqlandim.
Kuchli jangchilar bilan raqobatlasha olishimni isbotladim. CHempion bo'lishga loyiq ekanligimni ko'rsatdim.U meni ajablantirmadi, u hakamlarning fikri bo'yicha g'alaba qozondi va bu normal holat. Men yutqazdim, lekin xursandman", dedi Garri.
Fikrlar