14 mar 22:20
Yangiliklar

IBF reytingi. SHahram TOP-15ni tark etdi, qolganlar o'z o'rnida
Ushbu reytingdan o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'rin olgan.
Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev avvalgi oydagi kabi oltinchi o'rinda qolgan. SHahram G'iyosov esa Sabriel Martiasning ko'tarilib olgani evaziga kuchli o'n beshlikdan chiqib ketdi. U fevral oyida elon qilingan reytingda 15-pog'onadan joy olgandi.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgi oydagi kabi 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi.
Fikrlar