06 okt 07:50
Yangiliklar
Futbol

Ibragimovich 1,5 million evrolik avtomobilini namoyish etdi + FOTO
Ibragimovich 1,5 million evrolik avtomobilini namoyish etdi
Surat ostiga 38 yoshli hujumchi quyidagicha izoh qoldirdi: “Tug'ilgan kuning bilan, Zlatan”.
The Sun nashri xabariga ko'ra, shveciyalik futbolchi Ferrari Monza SP2 avtomobilini o'z tug'ilgan kuniga o'ziga “sovg'a” qilgan. Ushbu “toychoq” futbolchiga 1,57 million evroga tushgan. Ferrari Monza SP2 avtomobilining maksimal tezligi soatiga 300 kilometr masofani bosib o'tish imkonini beradi. Super avtomobil 2,9 soniya ichida 100 km/s tezlikka erisha oladi. Butun dunyoda bu kabi avtomobillardan atigi 498 kishida mavjud.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar