03 dek 13:12
Yangiliklar
Ibragimovich PSJda yangi lavozimni ko'zlamoqda
40 yoshli shveciyalik futbolchi Parij jamoasida 2012-2016 yillar davomida harakat qilgan.
"2021 yilning yozida PSJga sport direktori bo'lishimni taklif qildim. Nosir Al Helayfiga qo'ng'iroq qildim va taklif qildim: "Agar "Milan" bilan shartnomani uzaytirmasam, PSJga o'taman va jamoangizni tartibga keltiraman". Nosir kuldi, ammo "yo'q" demadi.
Hozir PSJda 40 nafar o'yinchi bor, ammo o'ynamayotgan bo'lsa ham ularning hech biri ketishni xohlamaydi, sababi u erda juda ham yaxshi. Men klubda bo'lganimda, boshqacha bo'lardi. Men senga pul bersam-u, sen buni oqlamasang, qololmaysan", - deydi Ibragimovich.
40 yoshli shvedning Milan klubi bilan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar