29 jan 10:37
Yangiliklar
Futbol

Ibragimovich “San-Siro”da 8 yil deganda yana gol urdi
“Milan” Italiya Kubogi chorak finali doirasida “Torino”ni 4:2 hisobida taslim qildi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Zlatan Ibragimovich qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisida milanliklarning bahsdagi so'nggi goliga mualliflik qildi. Bu 38 yoshli futbolchining “Milan”ga qaytgandan so'ng “San-Siro”da urgan ilk goli bo'ldi.
Zlatan so'nggi bor ushbu stadionda “Yuventus”ga qarshi bahsda 2012 yil gol urgandi. Ibra “Milan”ga qaytib, hozirgacha beshta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi.
Havola :
Fikrlar