06 okt 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Ibragimovich Xabib va Konor o'rtasidagi jang g'olibini taxmin qildi
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Xabib Nurmagomedov hamda Konor MakGregor o'rtasida o'tkaziladigan UFC jangida kim g'olib bo'lishini taxmin qildi.
"Xabib g'alaba qozonadi deb o'ylayman, chunki agar u sizni ushlab olsa Nurmagomedovning qo'llaridan chiqib keta olmaysiz.
Xabib raqiblarni azob chekishga majbur qiladi. Nurmagomedovga qarshi jang qilayotganlar taslim bo'ladi. Xabib Konordan xavfliroq. Men boshqa rus jangchisini eslayman - Fyodor Emelyanenko. U ham shunday jang qilardi" - deydi Zlatan Ibragimovich.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar