So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

26 iyu 16:40
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Ibrohimhalil OTJ lagerini tark etdi, uning o'rniga boshqa o'yinchini qo'shish mumkinmi?

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ikkinchi o'yinini ertaga Misrga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor.

Kecha kechqurun legionerimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev oilaviy sabablarga ko'ra OTJ lagerini vaqtincha tark etgani haqida xabar berildi.

Parij-2024. O'zbekiston OTJ legioneri terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi

"Championat.asia" o'quvchilarni qiziqtirayotgan savolga javob olish maqsadida bosh murabbiy Timur Kapadze bilan bog'landi va Yo'ldoshevning o'rniga zaxiradagi boshqa o'yinchi qaydnomaga kiritiladimi yoki yo'qligiga oydinlik kiritishni urinib ko'rdi. Demak, Kapadze bu borada quyidagicha javob berdi.

"Ibrohimhalilning o'rniga zaxiradagi o'yinchilardan birini qaydnomaga kiritish uchun kecha so'rov berganmiz, hali javob kelmadi. Kutyapmiz. Albatta biz almashtirishga harakat qilyapmiz, chunki bizda himoyachilar yo'q (birinchi o'yindan oldin markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov betob bo'lib qolgan edi - tahririyat.). Lekin, reglamentda jarohat olsa degan joyi bor, bunday fors-major holatda qanday yo'l tutishadi, bilmaymiz", - deb aytib o'tdi Kapadze.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing