So’nggi yangiliklar

12:39Тошкентда оғир атлетика бўйича Осиё чемпионати бошланди 0 12:13Кайл Снайдер ва Аҳмед Тажудинов ўртасида реванш жанги ўтказилади 0 11:47Canadian Open. Камилла Раҳимова дунёнинг учинчи ракеткасига қарши кортга чиқди 0 11:24Родрининг трансфери "Барселона"га тахминан қанчага тушиши маълум 0 10:59Saint Louis Rapid & Blitz 2026. Чемпион Синдаров - Прагг партиясида аниқланди 0 10:28Қирғизистондаги фожеали ҳалокат ортидан Ғалаба чўққисига чиқиш учун алпинистлар рухсатнома олиши талаб этилмоқда 0 09:56Жозеф Паркердан кокаин учун допинг бўйича айбловлар олиб ташланди 0 09:23Гвардиола Родрига қўнғироқ қилиб, уни "Барселона"га ўтишга кўндирди 0 08:49Чарльз Оливейра яқин дўсти Алан Насиментонинг вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 08:03Лайма Владсоннинг Германиядаги саргузаштлари давом этяпти! Ҳамюртимиз бу сафар ўзидан қарийб 400 поғона баланддаги теннисчини мағлуб этди 0 19:56Рамазон Темиров UFC собиқ юлдузига қарши жанг қилади — манба 0 19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0

09 apr 18:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Ideal bo'lmagan, ammo tomoshabop! Taniqlilar kam, lekin chempionlar ko'p! 10 yillikning eng kutilgan turniri UFC 300ga yaqin qoldi! (Mutolaa uchun)

Ushbu haftaning dam olish kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena’da 10 yillikning asosiy turniri – UFC 300 bo'lib o'tadi.

Yubiley musobaqaning janglari o'tgan yildayoq elon qilinishni boshlangan edi, shu bois bu turnirga qiziqish keskin darajada oshib bordi. Haqiqatan ham kuchli va katta nomlar jamlangan bahslar bo'lishi oydinlashdi. Yubiley musobaqada 50 dan ortiq chempionlik janglarida qatnashgan 12 ta amaldagi yoki sobiq chempionlar oktagonga ko'tariladi. Bunday kard takrorlanishi dargumon va bu kabi voqelik promoushen tarixida umuman sodir bo'lmagan. Turnirda ikkita chempionlik, BMF kamari uchun bahs, CHarlz Oliveyra va Arman Carukyan hamda Bostondagi raqamli kardni boshqargan sobiq chempionlar Irji Proxazka va Aljameyn Sterling ishtirokidagi duellar bo'lib o'tadi.  

Dana Uayt musobaqani juda tizimli va malakali tarzda tashkillashtirdi. Deyarli har hafta kartaga yangi juftliklar qo'shilishi haqida mish-mishlar paydo bo'laverdi yoki Dananing o'zi videolar orqali yangi janglarni elon qilib bordi. «UFC 300 – bu shunchaki turnir emas. Ammo ishonchingiz komil bo'lsinki, ilk jangning o'zidayoq siz o'rningizdan sakrab turib, bu nima, musobaqadagi birinchi jang?! Bunday bahs asosiy kartada bo'lishi kerak, deb yuborasiz. Yubiley ajoyib bo'ladi», deydi promoushen rahbari. Uaytning gaplarida jon bor. Kodi Garbrandt va Deyvson Figeredo turnirni ochib beradi. Har bir bo'lajak to'qnashuvlar birinchi raqamli bahsdek tuyuladi. 

Yana bir muhim raqam – 20. Musobaqadagi 26 nafar jangchidan 20 nafari o'z vazn toifalarida kuchli 15 talikdan joy olgan va ulardan 7 nafari pound-for-pound reytingiga ham kirgan. Reytingga kirmagan 6 nafar sportchilar orasida promoushen tarixidagi yagona ikki kara Olimpiya chempioni - Kayli Xarisson, sobiq chempion – Kodi Garbrandt va janglar hamda g'alabalar bo'yicha tashkilot rekordchisi – Jim Miller bor. Rekordchi Millerdan tashqari, tarixiy yutuqlarga ega bo'lgan boshqa jangchilar ham mavjud. Masalan, CHarlz Oliveyra finishlar soni, muddatidan oldingi g'alabalar va bonuslar soni bo'yicha etakchi hisoblanadi. SHuningdek, Maks Xollouey kutilmagan zarbalar ustasi, Jastin Getji bo'lsa har bir jangida bonuslarni qo'lga kiritadi. 


Kardni mukammal deb atashga nima halaqit beradi? Aleks Pereyra va Jamal Xill o'rtasidagi chempionlik jangi yaxshi, biroq savol shundaki, ular yubiley musobaqaning asosiy to'qnashuvida jang qilishga loyiqmi? Aleks ko'tarilishda 7 ta, Xill esa 8 ta jang o'tkazgan. Bu har qanday raqamlangan voqelik uchun ajoyib to'qnashuv, lekin yubiley uchun biroz pastroq darajada. SHunga qaramay, bu kichik kamchilik kartaning qolgan qismini qamrab oladi. Agar Dana Uayt muxlislar ushbu jangdan hayratda qolishlari haqida doimiy bayonotlar bilan umidlarini haddan tashqari qizdirmaganida, asosiy voqea haqida hech qanday ortiqcha savollar tug'ilmasdi. Balki promoushen rahbariyati katta yulduzlardan umid qilgandir, ammo o'xshamagan. Konor hali tayyor emas, Jons jarohatdaligini ham inobatga olish lozim. Ramazon oyi endi yakunlanganini hisobga olsak, Xamzat va Islam ham avtomatik ravishda ro'yxatdan chiqariladi. 

Ikkinchi kichik kamchilik – asosiy kardda Bo Nikal va Kodi Brendedj mavjudligi. WWE o'z istiqbolini targ'ib qilmoqchi ekanligi aniq, ammo asosiy karddagi bu kurash baribir g'alati ko'rinadi, chunki prelim kardlarda Irji Proxazka – Aleksandr Rakich va Kalvin Kattar – Aljameyn Sterlinglarning duellari bor ekanligi muxlislarda ushbu qarama-qarshiliklar asosiy kardga tortishi haqida kelishmovchiliklar keltirib chiqarishi aniq. Dana allaqachon hayajonda: UFC 300 biz tashkil qilgan eng buyuk jang kardi. O'sha oqshom siz ajoyib jonli tadbirni ko'rasiz. Jangchilar oktagonda o'z vazifalarini qanday bajarishlarini kuzatasiz. Teleko'rsatuvlar ham o'zgacha bo'lib o'tadi», deya takidladi Uayt. 

Biz sizga turnir kardini yana bir bor eslatib o'tamiz. 

Asosiy kard

Aleks Pereyra – Jamal Xill 

Veyli CHjan – Yan Syaonan

Jastin Getji – Maks Xollouey 

CHarlz Olive  yra – Arman Carukyan 

Bo Nikal – Kodi Brendeyj. 

Prelim kard

Irji Proxazka – Aleksandr Rakich

Kalvin Kattar – Aljameyn Sterling

Xolli Xolm – Kayla Xarisson 

Sodiq Yusuf – Diego Lopes 

Jeylin Tyorner – Renato Moikano

Jessika Andrade – Marina Rodriges 

Bobbi Grin – Jim Miller 

Deyvison Figeredo – Kodi Garbrandt.


Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
09 apr 19:21:11
CHELSEA2211
Sarukyan Oliveyrani nakaut qiladi...
   
09 apr 19:21:02
CHELSEA2211
Sarukyan Oliveyrani nakaut
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing