24 jan 14:01
Yangiliklar
IFFHS. 2021 yil uchun klublar reytingi elon qilindi, unda O'zbekistonning uch jamoasi ham bor
Unda etakchi sifatida 322 ochko bilan Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi ko'rsatildi. Keyingi o'rinlardan esa “Atletiko Mineyro” hamda “Man Siti” joy oldi.
Top-390'da O'zbekistonning uch vakili ham bor. “Nasaf” 89 ochko bilan 213-o'rinda ko'rsatilgan, “Paxtakor” 283-pog'onada bo'lsa, AGMK 331-o'rinda qayd etilgan. Osiyo klublari orasida J.Koreyaning “Ulsan Xyonde” (61-o'rin, 159,5 ochko) etakchilikni qo'lga olgan.
61. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – 159,5
101. "CHonbuk Xyonde Motors" (J.Koreya) – 135
101. “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) – 135
138. “Persepolis” (Eron) – 114,5
144. “Tegu” (J.Koreya) – 112
147. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – 111,5
152. “Poxang Stilers” (J.Koreya) – 109,5
161. “Nagoya Grampus” (Yaponiya) – 105,5
173. “Al Nassr” (S.Arabistoni) – 100
194. “Istiqlol” (Eron) – 93
213. “Nasaf” (O'zbekiston) – 89
225. “Al Vahda” (BAA) – 86
...
283. “Paxtakor” (O'zbekiston) – 75,5
292. “Fulad” (Eron) – 74
...
331. AGMK (O'zbekiston) – 70,5
346. “SHabab Al Ahli” (BAA) – 68,5
Fikrlar