01 sen 17:20
Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: “Vazifa – mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish”
Ushbu o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Bizning oldimizdagi ilk vazifa – JCH-2018 3-saralash bosqichining ilk o'yinida g'alaba qozonish. Keyin esa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bugungi o'yinga juda ham ko'p muxlislar bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurishadi.
Suriyaga qarshi uchrashuvda biz muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. Ushbu bahsda g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Biz ushbu bosqichga juda ham jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi o'yinga tayyormiz va g'alaba qozonamiz. Suriya kuchli terma jamoa. Biz ularning o'yin uslublarini o'rganib chiqdik. Futbolchilari barcha chiziqlarda yaxshi harakat qilishadi. Bugun muxlislarimizni xursand qilish uchun ham g'alaba qozonamiz”, - deydi Nesterov.
Fikrlar