23 iyu 16:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/1734_220.jpg)
Iguain 94 mln evaziga “Yuventus” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini “Yuventus” jamoasida davom ettiradi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, kecha argentinalik futbolchi Madrid shahrida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan va yangi klubi bilan shartnoma yuzasidan kelishib olgan.
Malumotda keltirilishicha, turinliklar Neapol jamoasi g'aznasiga 94 million evro transfer summasi o'tkazib beradi. Iguainning o'zi yiliga 7,5 mln evro maosh oladi.
Havola :
Fikrlar