27 iyu 09:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/1895_220.jpg)
Iguain futbol tarixidagi eng qimmat transferlar uchligida
Endilikda “Napoli” klubining sobiq hujumchisi Gonsalo Iguainning transferi jahon futboli tarixidagi eng qimmat transferlarning uchligiga kirdi.
Turinning “Yuventus” klubi argentinalik bu iqtidor egasini 75 million funt sterlingga sotib olgandi. 2013 yili transferlar bo'yicha rekord o'rnatilgan edi. O'shanda Madridning “Real” klubi 100 mln. evro evaziga Garet Beylni “Tottenxem”dan sotib olgandi.
Qizig'i, futbol tarixidagi ikkinchi qimmat transfer ham Qirollik klubiga tegishli. Madridliklar Krishitanu Ronaldu uchun “Manchester Yunayted”ga 94 mln. evro to'lashgan edi.
Lekin tez orada “Real” klubiga tegishli bo'lgan bu rekordlar yangilanishi mumkin. “Manchester Yunayted” klubi “Yuventus”dan Pol Pogbani 110 mln evroga xarid qilishga tayyor turibdi.
Havola :
Fikrlar