05 okt 08:51
Yangiliklar
Dzyudo

III "MDH o'yinlari". Bugun aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi
Ozarbayjonning Go'ygul shahrida III "MDH o'yinlari" kompleks musobaqasining dzyudo bahslari davom etmoqda.
Bugun musobaqa dasturidan o'rin olgan dzyudo bo'yicha jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi. Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, Rossiya va O'zbekiston terma jamoalari medallar uchun bahslarga kirishishadi.
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 1/4 finalda belaruslik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqishadi. Ushbu juftlik g'olibini 1/2 finalda Rossiya terma jamoasi kutib turibdi. Ozarayjon va Tojikiston terma jamoalari to'g'ridan-to'g'ri 1/2 finalda to'qnash kelishadi.
Aralash jamoaviy bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar