15 may 19:25
Yangiliklar

Ikardi: "PSJda o'zimni juda yaxshi his qilyapman"
PSJ tarkibida ijarada o'ynayotgan "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi Parij klubida o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
"Bu erda o'zimni juda yaxshi his qilayotganimni aytishim mumkin. Parijga nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatgani kelganman. Hozircha barchasi yaxshi ketmoqda. Kelishim bilanoq yangi jamoadoshlar bilan yaxshi muloqot o'rnatib oldim va bu moslashish jarayonida asqotdi. Jamoa ko'plab sovrinlar yutishi uchun men bu erdaman", - dedi Ikardi.
Oldinroq futbolchining agenti va rafiqasi Vanda Nara ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchining o'zi kelajagi borasida qaror chiqarishini aytgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar