27 apr 03:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki bokschimiz Budapeshtda jang qildi, bitta jang muddatidan oldin tugadi
Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Mazkur boks oqshomida ikki nafar hamyurtimiz - SHohjahon Abdullaev va Komronbek Turg'unboev ringga ko'tarildi.
Komronbek Turg'unboev moldovalik Ivan Petrovga qarshi 4 raundlik jang o'tkazdi. Hamyurtimiz 1-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. 4-raundga kelib, Petrov jangni oxirigacha etkaza olmasligini malum qildi va shu tariqa Turg'unboev muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
SHohjahon Abdullaev esa Venesuela vakili Ivan Matyutga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 6 raund davom etdi va unda Abdullaev ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar