05 sen 09:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/44714_220.jpg)
Ikki futbolchimiz Osiyo o'yinlari ramziy terma jamoasiga kiritildi
Gap Odil Hamrobekov va Zabihillo O'rinboev haqida ketmoqda. Har ikki futbolchimiz Osiyo o'yinlarida terma jamoa tarkibida katta hajmdagi ishni amalga oshirishgan edi.
SHuningdek, Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) rasmiy saytida qita o'yinlarida porlagan olti nafar yulduz haqida kattagina tahliliy maqola ham chop etildi.
Ushbu ro'yxatga Janubiy Koreyaga qarshi kechgan chorak final uchrashuvi anti qahramonlaridan biri Ikrom Aliboev ham kiritilgan. “Lokomotiv” yarim himoyachisi 5ta gol bilan Osiyo o'yinlari to'purarlari ro'yxatida ikkinchi bo'lgani ham alohida takidlangan.
Bundan tashqari, oltitalik ro'yxatga rasman kiritilmagan, lekin ko'rsatgan o'yinlari alohida takidlanganlar orasida Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov va Akromjon Komilov ham bor.
Maqola muallifi nomlari tilga olingan futbolchilarni yanvar oyida BAAda o'tkaziladigani Osiyo Kubogi-2019ning bo'lajak yulduzlari sifatida etirof etgan.
Fikrlar