28 sen 16:32
Yangiliklar
Tennis

Ikki juftligimiz CHimkent turniri yarim finalida
Qozog'istonning CHimkent shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning juftliklar bahsida chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. Sanjar Fayziev va Jo'rabek Karimovdan iborat turnirning ikkinchi raqamli juftligi yarim finalga yo'l oldi. Ular chorak finalda rossiyalik Pavel Kotov va Kristian Lozan juftligini 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etishdi.
Humoyun Sultonov hamda qozog'istonlik Temur Xabibulindan iborat uchinchi raqamli juftlik ham yarim final chiptasini qo'lga kiritdi. Ular qozog'istonlik Pavel Petrov va yaponiyalik Kento Yamada juftligini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar