So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

16 avg 05:58
Yangiliklar

Engil atletika, Osiyo o'yinlari

Ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi Svetlana Radzivil bilan intervyu

Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot va media departamenti SHohsupa sari yo'l loyihasida Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan qisqa intervyular tashkil etib kelmoqda.

Bugun Osiyo o'yinlarining ikki karra chempioni, engil atletikaning balandlikka sakrash turi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Svetlana Radzivil savollarimizga javob qaytaradi.

Sportga qay tarzda kirib kelgan?

Maktabimizga murabbiy kelgan va mashg'ulotlarga taklif qilgandi. Sport to'garagiga qatnay boshladim. Bu menga juda yoqib qoldi va albatta hozir ham yoqadi. 18 yildan beri o'z sevgan ishim, yani engil atletika bilan shug'ullanib kelaman.


Ortiqcha vazn kerak emas

To'g'ri ovqatlanish qoidasiga rioya qilishga harakat qilaman. Vazn kamaytirish uchun bu borada biroz cheklovlar bo'lishi mumkin. Men balandlikka sakrash bilan shug'ullanganim sababli ortiqcha vazn umuman kerak emas.

Havas qiladigan sportchisi

Har bir sportchini hurmat qilaman. CHunki, katta sport ko'pchilik o'ylaganidek oson emas.

CHempionlik haqidagi fikri

CHempion bo'lish oson emas. Buni zanjirga o'xshataman. Uning har bir bo'lagi 100 foiz ishlashi lozim. Ammo, biz barchamiz tirik jonmiz. Bazida o'ylagan rejalarimiz amalga oshishiga halal beradigan omillar bor. Ammo, men o'z oldimga qo'ygan maqsadim sari intilayapman. Ayni paytdagi eng asosiy maqsadim Osiyo o'yinlarida chempion bo'lishdir.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing