26 iyu 18:09
Yangiliklar
Muaytay
Ikki muaytaychimiz Germaniyada Jahon kubogi sohibi bo'ldi
Germaniyada muaytayning K-1 yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tdi.
Nufuzli musobaqada o'zbekistonlik tayboks ustalari ham munosib tarzda ishtirok etdi. -64 kg vazn toifasida ringga chiqqan Mavlud Tifliev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Jahon kubogi sohibiga aylandi. U hal qiluvchi final jangida mezbonlar vakilidan ustun keldi.
-71 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bobur Tagiev ham musobaqa g'olibiga aylandi. Tagiev final bellashuvida rossiyalik Arbi Emievga qarshi jang o'tkazdi. Revansh maqomidagi ushbu jangda Bobur g'alabaga erishdi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar