19 okt 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki nafar bokschimiz Butunjahon armiya o'yinlarida jang qildi, oldinda yana uchta jang bor
Bugundan Xitoyning Uxan shahrida boks bo'yicha Butunjahon armiya o'yinlari start oldi.
Musobaqaning dastlabki kuni doirasida besh nafar bokschimiz jang qilishi belgilab qo'yilgan. Hozircha ikki bokschimiz ringga ko'tarildi. -49 kg vaznli bokschimiz, Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov kutilmaganda braziliyalik Silva Ronaldoga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. -64 kg vaznli Jahongir Rasulov esa hindistonlik Kumar Sandipni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Bugun kun davomida yana uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:
-52 kg: Abrorjon Qodirov - Jorj Mbonabucha (Tanzaniya)
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Aman Indora (Hindiston)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Vinchenco Lizzi (Italiya)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar