So’nggi yangiliklar

21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0 20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1

04 dek 10:10
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki shaxmatchi qizimiz FIDE Top-30 reytingida!

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) 1 dekabr holatiga ko'ra shaxmatchilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Jumladan, 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchi qizlar reytingi ham yangilandi. Dekabr oyi uchun mo'ljallangan Top-30 reytingidan 2 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar joy olishdi. Afruza Hamdamova (2327) 15-o'ringa ko'tarilib olishga muvaffaq bo'ldi. 

Kuni kecha 14 yoshli shaxmatchi qizimiz Italiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligida mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempioni degan unvonga sazovor bo'lgandi. Yana bir istedodli shaxmatchimiz, parid yo'nalishida yoshlar (U 18) o'rtasida jahon chempioni Umida Omonova (2257) esa yangi reytingda 28-pog'onadan joy oldi. 

Yigirma yoshgacha bo'lgan shaxmatchi qizlar reytingida kattalar o'rtasida blic yo'nalishida amaldagi jahon chempioni Bibisara Asaubaeva (Qozog'iston, 2472) peshqadamlik qilmoqda. Hindistonlik Sarayu Velpula (2444) ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, bolgariyalik Nurgyul Salimova (2426) kuchli uchlikka yakun yasagan.   


FIDE 20 yoshgacha shaxmatchi qizlar reytingi (Top-10):

1. Bibisara Assaubaeva (Qozog'iston, 2472)

2. Sarayu Velpula (Hindiston, 2444)

3. Nurgyul Salimova (Bolgariya, 2426)

4. Leya Garifullina (Rossiya, 2423)

5. Diviya Deshmuh (Hindiston, 2420)

6. Karissa Yip (AQSH, 2399)

7. Yuksin Song (Xitoy, 2397)

8. Eline Roybers (Niderlandiya, 2388)

9. Meruert Kamalidenova (Qozog'iston, 2383)

10. Alise Li (AQSH, 2380)


O'zbek shaxmatchilarining reytingdagi o'rni:

15. Afruza Hamdamova (2327)

28. Umida Omonova (2257)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing