So’nggi yangiliklar

19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0

25 mar 12:30
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki shaxmatchimiz hamon Top-5`da! (barcha natijalar)

Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona surmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. U 5-turda oq donalarda vetnamlik Tran Pxamni mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) qora donalarda qozog'istonlik Imangali Axilbay (2342) bilan murosaga keldi. 

Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2525) va Humoyun Begmuratov (2430) 5-turda reytingda o'zlaridan yuqorida borayotgan raqiblari bilan durang o'ynashdi. Abdusalimov hindistonlik grossmeyster Leon Mendonka (2643), yosh Begmuratov esa turkmanistonlik Saparmirat Atabaev (2529) bilan durangga imzo chekdi. 

Bu turda hamyurtlarimizdan Ortiq Nig'matov, Almas Rahmatullaev, Muhammadzohid Suyarov, Davron SHaripov g'alaba qozongan bo'lsa, Saidakbar Saydaliev vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirovga imkoniyatni boy berdi. Kutilmaganda grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2550) mo'g'ulistonlik Sumiya CHinguunga yutqazib qo'ydi.   

Beshinchi turdan so'ng Sanan Syugirov va singapurlik Tin Cingyao 4,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov hamda Humoyun Begmuratov to'rt ochkodan to'plab, mos ravishda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni band etishgan. Muhammadzohid Suyarov ketma-ket g'alabalar sabab 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 10-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Bugun 6-turda ikki peshqadam Sanan Syugirov va Tin Cingyao o'zaro uchrashuvda hisob-kitob qilishadi. Abdumalik Abdusalimov oq donalarda Nihal Saringa qarshi o'ynaydi. Muhammadzohid Suyarov hindistonlik Leon Mendonka, Humoyun Begmuratov yana bir hind grossmeysteri Mittal Adityaga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing