So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

24 iyu 12:14
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki shaxmatchimiz Jahon chempioni bo'ldi, yana ikkisi vice-chempion!

Teglar :  SHaxmatHumoyunUmida
Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning tezkor va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqa 8,10 hamda 12 yoshgacha bo'lgan o'smir va qizlar o'rtasida tashkil etildi. Jahon chempionatida Sevara Boymurodova boshchiligidagi jami 14 nafar yosh shaxmatchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Tezkor shaxmat bo'yicha ikkinchi FIDE jahon chempionati yosh aql idrok sohiblarimiz uchun omadli keldi. 

Hamyurtlarimizdan 3 nafari jahon chempionati yakunida g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi. Humoyun Bekmurodov 8 yoshilar bahsida, Umida Omonova 12 yoshli qizlar musobaqasida zafar quchib, jahon chempioniga aylanishdi. 

FIDE ustaligiga nomzod Humoyun ketma-ket 8ta partiyada g'alaba qozondi, so'nggi 9-turda durang qayd etib, yakunda 8,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Rossiyalik Aleksandr Usov 8 ochko bilan kumush, yana bir rus shaxmatchisi Platon Krasnopetov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Umida Omonova (1631) ham katta ustunlik bilan jahon chempioni bo'ldi. Vakilamiz 6ta g'alaba va 3ta durang natija qayd etib, 7,5 ochko bilan rapid yo'nalishida chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Kuchli uchlikdan 7tadan ochko to'plagan rossiyalik shaxmatchi qizlar Veronika SHubenkova (1463) va Mariya Alekseenko (1589) yakun yasashdi. 

FIDE ustaligiga nomzod Afruza Hamdamova 10 yoshli shaxmatchilar musobaqasining rapid yo'nalishida kumush medalni qo'lga kiritdi. Olmos Rahmatullaev esa 12 yoshli o'g'il bolalar turnirida jahon vice-chempioniga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing