So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

23 mar 12:50
Yangiliklar

SHaxmat

Ikki shaxmatchimiz yuz foizlik natija bilan kuchli uchlikda (barcha natijalar)

Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda 3-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona surmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. U 3-turda qirg'izistonlik Zalkar Kurbanbaevdan ustun keldi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) nihoyat birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Ketma-ket ikki durangdan so'ng u qora donalarda qozog'istonlik Sultanbeybaris Dumanulini mag'lubiyatga uchratdi. 

Uchinchi turdan keyin 2 nafar shaxmatchimiz Abdumalik Abdusalimov va Humoyun Begmuratov yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida boryapti. Almas Rahmatullaev,  Sayidakbar Saydaliev va Muhammadzohid Suyarov bu turda ilk bor ochko yo'qotishdi. Suyarov oq donalarda vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Saydaliev qora donalarda singapurlik grossmeyster Tin Jingyao (2597) bilan durang qayd eta oldi. 

Abdumalik Abdusalimov o'zbek derbisida Almas Rahmatullaevni oq donalarda mag'lub eta oldi. Yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov (2430) oq donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Rudik Makaryanni yutdi. Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2550) hindistonlik Svaminatan Sumiyadan ustun keldi. Grossmeysterlarimizdan biri Ortiq Nig'matov (2501) ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U oq donalarda harakat qilib, rossiyalik Gregoriy Kochikyandan ustun keldi. 

Uchinchi turdan so'ng uch shaxmatchi yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egallab turibdi. Humoyun Begmuratov va Abdumalik Abdusalimov 3 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlashgan. Jami 26 nafar shaxmatchi hisobida 25, ochkodan bor. Bugun 4-tur uchrashuvlari soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing