20 may 21:10
Yangiliklar
Boshqalar
Ikki shayba farqi bilan oldinda borgan Rossiya yakunda Kanadaga yutqazdi
Xokkey bo'yicha davom etayotgan Jahon chempionatida dastlabki finalchining nomi malum bo'ldi.
Yarim finalning ilk to'qnashuvida azaliy raqiblar – Rossiya va Kanada terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Ikkinchi bo'limda so'ng 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan Oleg Znarok shogirdlari yakunda mag'lubiyat (2:4) alamini totib ko'rishdi.
Ajoyib kambekni amalga oshirgan Kanada terma jamoasi finalga chiqdi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida Skandinaviya davlatlari - SHveciya va Finlyandiya terma jamoalari to'qnash kelishadi.
Xokkey. JCH-2017. 1/2 final
Kanada – Rossiya – 4:2 (0:0, 0:2, 4:0)
SHayblar: 0:1 – 32 Kuznecov (Kucherov, Panarin), 0:2 – 34 Gusev (Panarin, SHipachev), 1:2 – 40 SHayfli (Parayko, Makkinnon), 2:2 – 55 Makkinnon (Konekni), 3:2 – 56 O′Raylli (Metison)
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar