07 sen 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki vaznda sobiq KSW chempioni UFC bilan shartnoma imzoladi, uning raqibi malum + POSTER
Yarim o'rta va o'rta vazn toifalarida Konfrontacja Sztuk Walki (KSW) sobiq chempioni, xorvatiyalik Roberto Soldich UFC bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda SHimoliy Amerika tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.
Roberto debyut jangida amerikalik Xaos Uilyams (16-5, 9 KO/TKO)ga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ularning yarim o'rta vazn toifasidagi jangi 3 oktyabr kuni Solt-Leyk-Siti (Yuta shtati, AQSH) shahrida tashkil etiladigan UFC 332 turniri doirasida o'tkaziladi.
Xorvatiyalik jangchi o'zining professional rekordida 21 ta g'alaba (18 tasi muddatidan avval qo'lga kiritilgan), to'rtta mag'lubiyatga ega, yana bir jang esa o'tkazilmagan deb topilgan. Roberto Soldich professional faoliyatidagi ilk jangini 2014 yilning 19 sentyabrida o'tkazgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar