10 sen 16:25
Yangiliklar
Tennis

Ikki yilga chetlatilgan Mariya SHarapova hozir qaerda?
Doping mojarosi sabab ikki yilga diskvalifikaciya qilangan rossiyalik tennis malikasini US Open turniri o'tkazilayotgan Nyu-York shahridan topishdi.
Mariya SHarapova aynan doping istemol qilgani uchun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning to'rtta nufuzli turniridan birini o'tkazib yuboryapti.
Masha tennis bayrami bilan parallel ravishda Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan Modalar haftaligida ishtirok etmoqda.
Juma kuni 29 yoshli tennis yulduzi Plaza mehmonxonasida dunyoga mashhur Harper’s Bazaar jurnali tashkil etgan kechaga tashrif buyurdi.
U oqshomga taklif etilgan boshqa yulduzlar kabi Franciyaning Vogue jurnali sobiq bosh muharriri Karin Roytfeldning Icons foto loyihasi taqdimotini ham tomosha qildi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar