26 avg 07:36
Yangiliklar
Ikki yo'nalish chempioni Artur Beterbievning raqibi o'zgardi
Kanadada istiqomat qilayotgan rossiyalik jahon chempioni germaniyalik Adam Deynes (19-1-1, 10 KO) bilan to'qnash keladigan bo'ldi, deb xabar bermoqda ESPN.
Asida Artur 28 mart kuni Kanadada IBF kamariga rasmiy davogar xitoylik Men Fanlunga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Koronavirus pandemiyasi sabab bu jang 25 sentyabrga ko'chirildi. Ammo, yana o'sha sabab bilan chempionlik jangi mezbonligi Ekaterinburgdan Moskva shahriga olib berildi.
Xabarda aytilishicha, Fanlun chegaralarning yopiqligi, viza olishdagi muammolar sabab Rossiyaga kela olmaydi. SHu boisdan ham tashkilotchilar Beterbievga yangi raqib topishdi. Qizig'i, Arturning yangi raqibi Deynes o'tgan yili Fanlunga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar