So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

09 may 12:16
Yangiliklar

Boshqalar

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari orasida yunon-rim kurashchimiz Hamid Vohidov ham bor

Faxriy kurashchilarimizdan biri, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Hamid Vohidov ham Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan.

Hamid aka butun hayoti va faoliyatini O'zbekistonda yunon-rim kurashining ommalashishiga sarfladi. U qiyinchiliklarga to'la suronli yillarni shunday eslagan edi: 

“Biz qiyin davrni boshdan kechirdik. Mashg'ulotlar mat, yani kurash gilamida emas, balki matraslar ustida o'tkazilardi. Buxoroda esa vaziyat bundan ham ayanchli ahvolda edi. Kurash maydonida erdan 30 santimetr chuqurlikda bo'lib, ichiga opilka, yani taxta qirindisi to'shalgandi”.

Hamid Vohidov Buxoro shahrida dunyoga kelgan. 1942 yilda 10-sinfni tamomlagan bo'lajak kurashchimiz xarbiy xizmatga chaqarildi va Vatan himoyasi uchun olovli kurash maydoni – Stalingrad frontiga jo'nab ketdi. Vohidov Stalingraddan to Berlingacha bo'lgan masofani g'olibona bosib o'tdi. 

1945 yilda ikkinchi jahon urushi yakunlangach, Hamid Vohidov o'zi tug'ilib o'sgan Buxoroga qaytdi va yunon-rim kurashi to'garagini ochdi. 1947 yilda avvaliga Buxoro shahri, keyin esa O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

U 1950 yili yana xarbiy xizmatga chaqirildi. Xizmat davomida Turkiston xarbiy okrugi (TurkVO) chempioniga aylandi. 1955 yilda esa sobiq Ittifoq Armiyasi chempioni bo'ldi va bu bilan unga leytenant unvoni berildi. 1956 yili SSSR xalqlari Spartakiadasida 5-o'rinni egalladi. Bu natija unga SSSR sport ustasi unvonining berilishiga xizmat qildi. Hamid Vohidov sportchilik faoliyati davomida 13 karra O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

Murabbiylik faoliyatida 30 nafardan ziyod sport ustalarini tayyorladi. Uning mehnatlari munosib taqdirlanib, qahramonimizga O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni berildi. Hamid aka 1998 yil faxriylar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib, yunon-rim kurashi bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi.

Biz Hamid Vohidov misolida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bugungi dorulomon kunlarimiz sababchisi bo'lganlar uchun boshimiz erga tekkuncha tazim qilamiz.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing