04 sen 08:03
Yangiliklar
Ikram Aliskerovning keyingi raqibi kim bo'lishi malum
Malum bo'lishicha, 33 yashar sportchi 21 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi. Unga o'sha kuni amerikalik tajribali Jared Kannonir raqib bo'lishi kutilmoqda.
Ikram Aliskerov uchta g'alabali seriya bilan kelmoqda, oxirgi jangida u Bruno Ferreyrani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Aliskerov hozirda UFC reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. U faoliyati davomida 18 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
UFC o'rta vazn toifasida sobiq chempionlik kamari uchun davogar Jared oxirgi beshta jangida bor-yo'g'i bitta g'alabaga erishgan va hozirda ikki mag'lubiyatli seriyada. U Maykl Peyj va Kristian Leroy Dankanga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgandi. 42 yoshli Jared Kannonir hisobida esa 18 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyat bor.

Fikrlar