24 apr 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya mashg'ulot lagerini boshladi
Sobiq UFC chempioni Iliya Topuriya yangi jangga tayyorgarlikni boshlaganini ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.
Avvalroq ispaniyalik jurnalist Alvaro Kolmenero Topuriya UFC 317 turnirida engil vazndagi chempionlik kamari uchun jang qilishi haqida xabar bergan edi. Ushbu turnir 28 iyundan 29 iyunga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Topuriya oxirgi marta 2024 yil oktyabr oyida oktagonga chiqqan va Maks Xolloueyni uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan.
Havola :
Manba : x.com/Topuriailia
Fikrlar