So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

29 avg 09:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Ilnar Ishimbaev va Bobur Qurbonov Prime FL turniri oldidan vazn o'lchash marosimidan o'tdi

Bugun Rossiyaning Ufa shahrida Prime FL turniri bo'lib o'tadi, uning asosiy voqeasida hamyurtimiz kamar uchun jang qiladi.

Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida (84 kg gacha) rossiyalik Ilnar Ishimbaev ("Xanter") va hamyurtimiz Bobur Qurbonov ("Qarshilik") o'rtasidagi chempionlik jangi bo'ladi.

Jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Ishimbaevning vazni 85,3 kg, Qurbonovniki esa biroz og'irroq — 85,7 kg ni tashkil qildi.

Ishimbaev uchun bu jang alohida ahamiyatga ega: g'alaba qozongan taqdirda, u turnir tarixidagi ilk ikki karra chempionga aylanadi. Ayni damda "Xanter" yarim o'rta vazn toifasida (77 kg gacha) Prime FL chempionlik kamariga ega.

Qurbonov bu jangda qisqa muddatli ogohlantirish bilan ishtirok etmoqda, u musobaqadan chiqib ketgan Xamzat Kuriev ("Maestro") o'rnini egalladi. SHunga qaramay, MMAda salmoqli rekordga ega bo'lgan o'zbekistonlik jangchi jiddiy kayfiyatda va chempionlik kamarini qo'lga kiritish niyatida.

Oqshomning ikkinchi asosiy jangida engil vazn toifasidagi Prime FL kamari uchun rossiyalik Filipp Kosirev va Magomedali Magomedrasulov ("Maugli") kuch sinashadi. Bu ularning o'zaro uchinchi jangi bo'ladi — hozircha hisob teng (1:1). Kosirevning vazni 73,95 kg, Magomedrasulovniki esa 74 kg ni tashkil etdi.

SHuningdek, turnir doirasida eng engil vazn toifasida boshqirdistonlik Ivan Abramov (63 kg) va Radamir Tagirov (64,7 kg) to'qnash kelishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing