29 avg 18:36
Yangiliklar
Tennis
Ilya Ivashka faoliyatidagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi
AQSHning Uinston-Salem shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha ATP turniri belaruslik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 63-raketkasi bo'lib turgan Ilya Ivashka bosh sovrin uchun kechgan bahsda reytingda 90-pog'onadan joy olgan shveciyalik Mikael Imerni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/0, 6/2.
Bor yo'g'i 55 daqiqa davom etgan bahsda 27 yoshli Ivashka 4 ta, 22 yashar Imer esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1. Winston-Salem Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ivashkaga 250 reyting ochkosi hamda 96,505 dollar taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar